Kavaniga Ispaniyaning yana bir top-klubi qiziqmoqda

Alisher
23 dek 2021, 18:47
MYU hujumchisi Edinson Kavani yana bir Ispaniya chempionati vakilining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

34 yoshli futbolchi uchun "Sevilya" da'vogarlik qilmoqda. Andalusiyaliklar futbolchining vakillari bilan muzokaralarga kirishishdi.

Kavani uchun kurashda "Sevilya" "Barselona" bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. "Ko'k-anorranglilar" Edinsonga anchadan beri qiziqishmoqda va u bilan shartnoma borasida kelishuvga erishishdi.

Shu bilan birga MYU urugvaylik bilan xayrlashishni xohlamayapti. Manchesterliklar hujumchini mavsum so'nggiga qadar saqlab qolishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo