Kavani kuchli beshlikda birinchi bo'lib 20 talik dovonni zabt etdi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017, 01:58
“PSJ” hujumchisi Edinson Kavani Franuiya chempionatining 21-turida “Nant”ga (2:0) qarshi bahsda ikkita to'p kiritishga erishdi.

Urugvaylik hujumchi joriy mavsumda Yevropaning eng kuchli beshta chempionatida 20 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ushbu reytingda“Borussiya” Dortmund hujumchisi Per-Emerik Obameyang 15 ta uchrashuvdan so'ng 16 ta gol kiritgan holda  2-pog'onada, 15 tadan gol kiritgan “Inter” forvardi Mauro Ikardi va “Lion” hujumchisi Aleksandr Lyakazett 3-o'rinni band etib turishibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com