Kavani "Atletiko" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 22:15
PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Atletiko"da tibbiy ko'rikdan o'tdi.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. "Atletiko" futbolchi uchun 15 million evro hamda bonuslar tarzida 3 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Biroq parijliklar transfyerdan kamida 20 mln evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.

Ushbu mavsumda urugvaylik 32 yoshli hujumchi PSJ tarkibida barcha turnirlarda 14 o'yinda 5 gol urdi. Uning shartnomasi 2020 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato