Karlush Keyrush: “Biz uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega”

Narzulla Saydullayev
7 dek 2013, 11:07
Eron termasi jamoasi JCH-2014da “F” guruhida Argentina, Bosniya-Gertsegovina hamda Nigeriyaga qarshi to'p suradigan bo'ldi.
Qur'a natijalari ma'lum bo'lgach, eronliklar ustozi Karlush Keyrush o'z fikrini bildirdi:

“Shogirdlarim uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega bo'ladi. Jahon chempionatiga kelganimizda maydonda o'tadigan har bir daqiqadan lazzat olishimiz kerak. Hech bo'lmasa ikkinchi olib keyingi bosqichga chiqishimiz lozim”.

Eron JCHdagi dastlabki o'yinini 16 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o'tkazadi. Keyin esa oradan besh kun o'tib, Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Forslar guruhdagi oxirgi bellashuvni 25 iyunda Bosniyaga qarshi o'tkazishadi.

“Agar biz qattiq mehnat qilsak, kelasi yil bu erga kelganimizda nimadandir umid qilsak bo'ladi” – deydi portugaliyalik murabbiy.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia