

“Raqibning tezkor qarshi hujumlarini yo'qqa chiqarishga kuchimiz yetmadi. Birinchi bo'limda o'yinni o'z nazoratimiga oldik, to'p bilan yaxshi muomalada bo'ldik va bir qator imkoniyatlarni yaratdik. Ammo bu vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik.
Butun o'yin mobaynida “PSJ” qarshi hujumdan samarali foydalanishga intildi, biz ularning rejalarini “buza” olmadik.
Bugungi o'yinga tanlagan tarkib uchun meni tanqid qilishlari mumkin. Bu normal holat. Bugungi bahsga eng to'g'ri tarkibni tanlaganman deb hisoblayman”, deya fikrlarini bildirib o'tdi myunxenliklar ustozi.



