Kapello: "Messi - tarixdagi eng yaxshi futbolchi"

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2020, 06:07
O'z vaqtida "Real"ni boshqargan taniqli murabbiy Fabio Kapello "Barselona"dagi vaziyat va Lionel Messi haqida gapirib o'tdi.

- "Barselona" haqida nima deya olasiz?
- Juda g'alati vaziyat. Ular qanday qilib bunday pastga qulashganini tushunmayapman. Ernesto Valverdening ketishi syurpriz bo'ldi. Keyin Seten juda ham aniq falsafasi bilan keldi va jamoa parchalandi.

Ularda yaxshi o'yinchilar bor, lekin ko'pchiligining yoshi o'tib borayapti. Ularda oddiy bo'lmagan qisqa va o'rtacha muddatli kelajak bor. Uzoq kelajak esa...

- Lekin Messi - bu hamon Messi.
- U daho. Mening fikrimcha tarixdagi eng yaxshisi. Ko'ramiz, u ketganida nima bo'larkin. Aytgancha, 17 yoshligida Messini "Yuventus"ga olib o'tmoqchi bo'lganman, - dedi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com