

Kolambusdagi "ScottsMiracle-Gro Field" stadionida bo'lib o'tgan bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.
Shu tariqa, "Inter Mayami" ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, pley-offni tark etdi. Jamoa uchun mavsum yakunlandi. Seriyaning dastlabki uchrashuvida ham 0:3 hisobida mag'lubiyat qayd etilgan edi.
"Kolambus" safida 90+2-daqiqada Santyago Rodriges gol muallifiga aylandi. Mehmonlar bugungi bahsda raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi. Lionel Messi maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" MLS Sharqiy konferenciyasi turnir jadvalida 60 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallagan edi. "Kolambus Kryu" esa 47 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy olgan.



