

Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, hozircha hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. "Yuventus" mashg'ulotlar bazasida vahima yo'q, biroq klubdagilar qiziqishdan yaxshi xabardor. Pochettino o'yinchining universalligini yuqori baholaydi.
Amerikalik futbolchining shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Bundan tashqari, klub rahbariyati va bosh murabbiy Luchano Spalletti futbolchini daxlsiz deb hisoblaydi. UEFA bilan tuzilgan kelishuv shartlari va moliyaviy muvozanatni saqlash zarurligiga qaramay, "Yuventus" MYUning xavbekni qo'lga kiritish borasidagi har qanday urinishlariga qarshi turishi kutilmoqda.



