Kan va Xyoness 38 yoshli Riberining "Bavariya"ga qaytishiga qarshi emas

Alisher
7 avg 2021, 13:14
Frank Riberining kelajagi so'roq ostida.

38 yoshli fransiyalik futbolchi "Fiorentina"dan iyul oyidan ketganidan beri klubsiz yuribdi. U hozirda Myunxenda shug'ullanmoqda. Riberi Italiyaga qaytishni xohlaydi.

"Bavariya" rahbariyatidagi ayrim insonlar esa Riberining qaytishiga qarshi emas. Boshqaruv raisi Oliver Kan va faxriy prezident Uli Xyoness bu borada gaplashishdi.

Qayd etish kerakki, "Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijichga esa bu g'oya yoqmadi. Eslatib o'tamiz, Riberi "Bavariya"da 2007-2019 yillar davomida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr