Jon Terri: Mourinyo kelgan vaqtda, murabbiy bo'lishni istashimni tushunib etgandim

9 yanv 2018, 09:14
“Chelsi”ning sobiq sardori, himoyachi Jon Terri futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'lmoqchiligi haqida ma'lum qildi.

“Men Joze “Chelsi”ga birinchi bor kelganida juda yosh edim. O'sha vaqtda 23 yoshda edim, biroq bir necha mashg'ulotlardan so'ng, darhol daftarni olib, Mourinyo jamoaviy uchrashuvlarda, o'yindan oldin matbuot oldida aytgan barcha qiziqarli narsalarni yozishni boshladim. Bazida esa mashg'ulotlardan keyin daftarni olib, nima qilgan bo'lsak, barchasini qayd etib qo'ydim. Joze kelgan vaqtda tushundimki, men murabbiy bo'lishni xohlayman!” , - deb takidlaydi Terri.


Manba: Championat.com