Joan Laporta: "Flik bahona izlamaydi va bor imkoniyatidan maksimal foydalanishga urinadi"

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024, 19:14
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xansi Flik oldiga qo'yilgan vazifa haqida gapirdi.

"Barselona" Xansi Flik boshchligida La Liga startidagi 4 uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi.

"Biz Flikdan professionallikni talab qilyapmiz, u bizga maqul keladigan futbol taklif qila olishi muhim.

Biz barchasi haqida maslahatlashib, kelishib ish qilyapmiz va jamoa kelajagi uchun mustahkam poydevor qo'yish niyatidamiz.

U shunda insonki, bahonalar izlamaydi va bor imkoniyatidan maksimal foydalanishga urinadi. Sovrinlar haqida aniq gap yoki vazifa bo'lmagan.

Flik bilan fikrlarimiz bir joydan chiqayotganidan xursandman. Ishlashda davom etamiz", – dedi "Barselona" prezidenti Joan Laporta.

"Manchester Yunayted" bosh direktori: "Erik ten Xag bizga mos murabbiy"

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo