Jiru: "JCHda imkon qadar uzoqroqqa borish uchun ko'proq gol urishga umid qilaman"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2022, 12:18
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru o'z milliy rekordiga munosabat bildirdi.

"Men juda ko'p xabar oldim. Jahon chempionatida imkon qadar uzoqroqqa borish uchun ko'proq gol urishga umid qilaman. 

Jismoniy holatim joyida, hech qanday muammo yo'q", – dedi Jiru.

Eslatib o'tamiz, Olive Polsha bilan o'yinda (3:1) hisobni ochgan edi. Bu uning Fransiya terma jamoasidagi 52-goli – Jiru ushbu ko'rsatkich bo'yicha yagona milliy rekordchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport