Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2022, 10:18
36 yoshli hujumchi hali ham yaxshi formada.

JCH-2022 1/8 finali doirasidagi Fransiya hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 44-daqiqasida Olive Jiru hisobni ochdi. 

36 yoshli hujumchi uchun bu gol Fransiya terma jamoasi libosidagi 52-gol bo'ldi. Shu tariqa, Jiru yagona milliy rekordchi bo'lib oldi. Shu bilan birga, bu Olive uchun joriy mundialdagi uchinchi gol edi.

Eslatib o'tamiz, bahsda Fransiya 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al Jazeera