Jibril Sisse futbolga qaytdi

Eldor Akmurzayev
13 apr 2021
Fransiya TJ sobiq forvardi Jibril Sisse futbolchilik faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.

U Chikagoning “Panatinaikos” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub AQSH 4-divizioni vakili hisoblanadi.

39 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi esa 2018/19 yilgi mavsum “Vichenca” (Italiya) bo'lgan.

Jibril Sisse “Liverpul” va “Marsel”dagi o'yinlari bilan muxlislarning e'tiboriga tushgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua