Jibril Sisse: "Argentina termasini ko'ra olmayapman"

Mirjalol Normatov
26 dek 2025
Fransiya termasi sobiq hujumchisi Jibril Sisse Argentina termasining 2022 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'lgani haqida gapirdi.

"O'sha kadrlarni ko'rganimdan keyin jahlim chiqdi. Ularni ko'ra olmayapman. Tabiiyki, ular bizning asosiy raqibimiz. Termamiz Messi bilan o'yindan keyin uchinchi yulduzchasini olishini istayman. Argentina bilan hisobni tenglashtirish kerak", - dedi Sisse.

Finalda Argentina termasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es