JCH-2022. Kechagi uch bahsning eng yaxshi futbolchilari ma'lum

Eldor Akmurzayev
22 noya 2022, 08:20
Kecha, 21 noyabr kuni Qatardagi mundialning 1-turidan o'rin olgan navbatdagi uch bahs o'z nihoyasiga etdi.

Angliya – Eron 6:2

Uchrashuvda dublga erishgan Bukayo Saka “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi. U 43-daqiqada Xarri Maguarning uzatmasini golga aylantirdi va 62-daqiqada Rahim Sterlingning pasidan unumli foydalandi.

Senegal – Niderlandiya 0:2

Bahsda hisobni ochgan Kodi Gakpo o'yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi. U 84-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.

AQSH – Uels 1:1

Garet Beyl 82-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va jamoadoshlarini mag'lubiyatdan qutqardi. O'yindagi faol harakatlari uchun vinger “man of the match” sovriniga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia