

1 dekabr kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimini kimlar olib borishi ma'lum bo'ldi.
- Gari Lineker JCH-2018 qur'asini olib boradi
- Angliya afsonasiga rossiyalik sport jurnalisti Mariya Komandnaya yordam beradi
- Qur'a tashlash jarayonida Nikita Simonyan va yana 7 nafar inson assistent bo'ladi

Futbolchi sifatida ikki marta Jahon chempionatida ishtirok etganman, - deydi Lineker. - Bu safar qur'a natijalarini e'lon qiluvchi. O'z jamoamga kimlar raqib bo'lishini kutish azob edi, shu bois qur'a tashlash marosimi qanchalik hayajonli marosim ekanligini bilaman.


Mariya Komandnaya sport jurnalistikasida radio va televideniyadagi ishlari orqali ancha mashhur. U FOX Sports va Match TV telekanallari va Moskva FM radiostanciyasida faoliyat olib borgan.
Qur'a - bu unikal hodisa, - deydi Mariya Komandnaya. - Millionlar muxlislar nafas olmay qur'a jarayonini kuzatishadi, axir aynan shu daqiqadan Jahon chempionati start oladi. Eng muhim sport marosimlaridan birida ishlash men uchun sharaf. Muxlislarga yurtim qanchalik chiroyli ekanligini ko'rsatishni istayman. Barchamiz o'z ishimizni yaxshi ko'ramiz. Ishoning bu juda ham ajoyib marosim bo'ladi.



