

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi maydonga tusha olishi haqida Fransiya klubi vakillari aytishgan. PSJdagilarning fikricha, Mbappe "Real"ga qarshi bahsgacha jarohatidan qutila oladi.
Mbappe "Lion"ga qarshi Fransiya chempionatining 22-tur uchrashuvida (1:2) jarohat olgan edi. Turli OAVda hujumchi ikki oy maydonga tusha olmasligi e'lon qilingandi.
"Real" hamda PSJ o'rtasidagi birinchi bahs 14 fevral kuni, ikkinchisi esa 6 martda bo'lib o'tadi.



