

Arenaning ochilish bahsida Quvayt terma jamoasi va birlashgan jahon jamoasi bellashdi va uchrashuvda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindan oldin ikki jamoa murabbiylar ishtirokida matbuot-anjumani o'tkazildi. Quvayt terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Ibrohim va birlashgan jahon jamoasi ustozi Fabio Kapello.

Stadion ochilish marosimida Quvayt shayxi Sabo Al-Ahmad Al-Saboh ham qatnashdi.


Ko'rgazma bahsida Andrey Shevchenko, Ronaldinyo, Devid Bekxem, Alessandro Del Pero, Luish Figu, Roberto Karlos, Rober Pires, Alessandro Nesta, Karles Puyol, Janluka Zambrotta va boshqalar ishtirok etishdi.















