"Sho'rtan" futbolchisiga Quvayt va Serbiyadan qiziqish bor

Khoja
30 noya 2025, 10:57
"Sho'rtan" futbolchisi Odil Abdumajidov legionerga aylanishi mumkin.

Himoyachiga Kuvaytning "Al Tadamon" va Serbiyaning "Dubochitsa" klublari qiziqmoqda. 

Futbolchi tez orada yangi klubi bo'yicha bir to'xtamga keladi.

24 yoshli futbolchi yozda Qozog'istonning "Turon" jamoasidan "Sho'rtan" klubiga ko'chib o'tgandi. U yarim mavsum ichida Superliganing 10 ta bahsida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia