Bugun Kannavaro terma jamoamizda debyut qiladi

Khoja
9 okt 2025
Bugun O'zbekiston MTJ Quvaytga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 18:00 da "Olimpiya" stadionida start oladi. Ushbu bahs O'zbekiston MTJ yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun debyut bahs bo'ladi.

Ushbu bahsni qirg'izistonlik Mederbek Taichiev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismailjan Talipjanov (Qirg'iz Respublikasi) va Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi) yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Asker Najafaliev (O'zbekiston), VARda esa Abdurashid Xudoyberganov (O'zbekiston) faoliyat yuritadi.





KhojaMuallif
Manba: championat.asia