

Mutaxassis 2028 yilgi Yevropa chempionati yakuniga qadar davom etadigan mehnat shartnomasini imzoladi.
De la Fuente 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasini qabul qilib oldi. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Millatlar Ligasi (2023) va Yevropa chempionati (2024) g'olibi bo'ldi.
Ispaniya terma jamoasi navbatdagi o'yinlarini mart oyida – Millatlar Ligasi chorak finalida Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi.



