"Inter" qishda Kuadrado o'rniga futbolchi sotib oladi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023, 14:03
Xuan Kuadrado martgacha maydonga tusha olmaydi.

Italiyaning "Inter" klubi direktori Pero Ausilio jamoa qishda o'ng qanot himoyachisi Xuan Kuadrado o'rniga futbolchi sotib olishini aytdi.

"Biz qishda Kuadrado o'rniga futbolchi sotib olamiz. Hozir buning ustida ishlayapmiz", – dedi Ausilio.

Xuan Kuadrado yaqin kunlarda operaciya qilinadi va kelasi yilning mart oyigacha maydonda ko'rinish bermaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano