

Ispaniyaning "Atletiko" hamda "Barselona", shuningdek, Milanning "Inter" klubi "Arsenal"da to'p tepayotgan Matteo Genduzining qizmatlariga qiziqish bildiryapti. Avval xabar qilganimizdek, 21 yoshli futbolchi "to'pchilar" mashg'ulotlaridan chetlashtirilgan. Uning tez orada Londonni tark etishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Genduzining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



