"Inter" 2011 yildan beri ilk marotaba Italiya kubogini qo'lga kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2022, 09:17
"Inter" o'z tarixida 8-marotaba Italiya kubogi sohibiga aylandi.

Simone Inzagi jamoasi qo'shimcha vaqtlarda "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi. 

"Neradzurrilar" 2011 yildan beri ilk marotaba Italiya kubogini qo'lga kiritishdi. Bu oraliqda jamoa musobaqa finaliga yetib kela olmagandi. 

Jamoa Italiya kubogini qo'lga kiritish bo'yicha (8ta g'alaba) uchinchi o'rinda turibdi. Ushbu musobaqada "Yuventus" (14) va "Roma" (9) "Inter"dan ko'p g'alaba qozona olgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta