Immobile jarohat oldi

Оқил Абдубарноев
16 okt 2022, 23:41
“Lacio” sardori va yetakchisi Chiro Immobile Italiya chempionati doirasida “Udineze”ga qarshi o'yinda atigi yarim soat o'ynadi.

Hujumchining oyoq mushaklari shikastlandi. Immobileni yo'qotish "Lacio" uchun jiddiy zarba bo'lishi mumkin. 2022/2023 yilgi mavsumda 32 yoshli forvard Rim jamoasi safida Italiya chempionati va Yevropa ligasida jami 14 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, A Seriya doirasidagi “Lacio” – “Udineze” uchrashuvi 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Mauricio Sarri boshchiligidagi “burgutlar” hozirda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia