Immobile Italiyaga qaytishi mumkin?!

Alisher Ostonov
20 apr 2025
"Beshiktosh" hujumchisi Chiro Immobile jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchida A Seriyaga qaytish varianti bor. Bu haqda jurnalist Niko Skira xabar bermoqda.

Bitim joriy mavsum yakunlangach rasmiylashtirilishi mumkin. Chironing klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.

Immobile joriy mavsum Turkiya chempionatida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira