Chiro Immobile "Bolonya"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025, 21:50
Hujumchi Chiro Immobile erkin agent sifatida "Bolonya"ga o'tdi.

Oldinroq 35 yoshli futbolchi ikki tomonning kelishuviga asosan "Beshiktosh" bilan shartnomani bekor qilgandi. Shundan keyin u "Bolonya" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.

Futbolchi Italiyada yiliga bonuslar bilan birga 2 mln evro ishlab topishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bolognafc.it