Ikardi: "Sampaoli meni terma jamoaga chaqirmay to'g'ri qilgan"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 13:33
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining qarori borasida fikr bildirdi.

Sampaoli Ikardini o'rtoqlik uchrashuvlari uchun milliy terma jamoaga chaqirmadi.

"Sampaoli bilan suhbatlashdim va u meni terma jamoaning navbatdagi o'yinlariga chaqirmasligini bilardim. Bu to'g'ri qaror, chunki jarohat tufayli bir nechta bahsni o'tkazib yubordim. Boshqa hujumchilarga imkon berish kerak" - deydi Ikardi.

Argentina terma jamoasi 23 va 27 mart kunlari Italiya va Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia