Husniddin Aliqulov jiddiy jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2021, 19:44
"Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov OFK kubogi yarim finalida "Li Man"ga o'yinda elkasidan jarohat olib, uchrashuvni muddatidan oldin yakunladi.

Aliqulov uchrashuvning 56-daqiqasida raqib bilan to'qnashib ketishi natijasida elkasidan jarohat oldi. Futbolchi tibbiy tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi. Uning o'rniga G'olib G'aybullaev maydonga tushirildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia