-Javob uchrashuvi qiyin o'tishini oldindan bilardik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Chempionatning oxirgi turida aynan Andijon bilan o'tgan uchrashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritgandik. Shu o'yinda yetakchi o'yinchilarimizdan ayrimlari jarohat olishdi. Bugun Alisher Yusupov, Bahriddin Vahobov, Andrey Derkach hamda Vyacheslav Shevchenkolarning maydonga tushmaganligi o'yin natijasiga salbiy ta’sir qildi. Ularning o'rniga esa ko'proq yoshlarga imkoniyat berishga majbur bo'ldik. O'yinni yomon boshlamadik. Ammo yakunda baribir yoshlarimizning tajribasizligi pand berdi va chorak final yo'llanmasini boy berdik. Andijon jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
Endi bor e'tiborimizni chempionat uchrashuvlariga qaratamiz. Oldinda Metallurg jamoasiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Bekobodliklarni bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotganligini barcha ko'rib, bilib turibdi. Maqsadimiz esa o'zgarmaydi, keyingi o'yinlarda ham chiroyli futbol namoyish etib, o'z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.