Hakim Fuzaylov: "Ikkinchi davraga qadar o'z maydonimizga qaytishimiz mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2022, 22:50
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirdi.


"Mavsum boshlandi. Pro ligada ikkinchi yil ishlayotgan murabbiy sifatida aytishim kerakki, hozirdan biror xulosa chiqarish qiyin. O'yin davomida bosim katta bo'ldi. Tarkibimiz 80 foizga yangilangan. Albatta vaqt kerak. G'alabalar keladi.

Biz qishda hujumchi olishga qiynalganimiz uchun bitta forvard bilan o'ynamoqdamiz. Yarim himoyachilar yordam berishga harakat qilishmoqda. Jamoaviy o'yinda muammolarimiz bor. "Sho'rtan" qisqa va tez paslar bilan o'ynaydi. Ular ham yaxshi harakat qildi. 

Biz dastlab "Geolog" maydonida o'ynamoqchi edik. Lekin yakunda Samarqand tanlandi. "Buxoro" o'z maydoniga ikkinchi davraga qadar qaytishi mumkin. Chim yotqizilmoqda. Aprel oyi oxirlariga kelib biz uyda uchrashuvlarni o'tkazishimiz ehtimoli bor",- deydi Hakim Fuzaylov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia