Gvardiolaning yordamchisi "Arsenal"ni boshqarishi mumkin

Alisher
12 noya 2019, 14:20
"Arsenal" sobiq futbolchisi Mikel Arteta "to'pchilar" bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

37 yoshli mutaxassis "Arsenal"ning hozirgi bosh murabbiyi Unai Emerining o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Qayd etish kerakki, Arteta "Siti"dan ketishni istasa, klub uni ushlab qolmaydi.

Sobiq futbolchi faoliyati davomida PSJ, "Reynjers", "Real Sosedad", "Everton" va "Arsenal" jamoalarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, Arteta hozirda "Manchester Siti"da Gvardiolaning yordamchisi sifatida ishlamoqda.

"Arsenal" rahbariyati Unai Emeriga vaziyatni yaxshilash uchun 6ta o'yin berdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun