Gvardiola: “Transferlar? “Siti” qishda kamdan-kam holatda futbolchi sotib oladi”

13 yanv 2019, 09:06
“Manchester Siti” bosh murabbiyi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning tushuntirishicha, klub katta ehtimol bilan qishki transfer oynasi vaqtida futbolchi sotib olmaydi.

“Bazi paytlarda biz yanvar oyida transferlarni amalga oshirgandik. Lekin odatda klubda so'nggi besh olti yil tepadigan futbolchilarni sotib olamiz. Qishki transferlar chog'ida bu toifadagi futbolchilar kamdan-kam holatda sotib olinadi. 

Ijaraga futbolchi olinishi mumkin, ammo klubda uzoq yillar to'p tepadigan futbolchilar bu davrda sotib olinmaydi. Agar jarohatlar bo'lmasa, klub rahbariyati futbolchilarning harakatidan rozi bo'lishsa, mavsumni shu tarkib bilan yakunlaymiz”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports