Gvardiola "Manchester Siti" ustozi sifatida 300 o'yinlik marrani zabt etdi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2021, 21:03
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa boshqaruvida yubiley uchrashuvini o'tkazdi.

Ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bilan 300 o'yindan 219 tasida zafar quchgan, yani o'yinlarning 73 foizida g'alaba qozongan.

Qolaversa, Chempionlar ligasida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin (6:3) yulduz murabbiy uchun faoliyatidagi 750-o'yin bo'ldi. Uning hisobida 547 ta g'alaba (72,9%) bor.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola "Siti"ni 2016 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Bungacha u "Barselona" va "Bavariya"da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta