Gvardiola: "Agar "Siti" boshqa hech kimni sotib olmasa, men baribir xursand bo'laman"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 12:09
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, agar klub yozda yana bir yangi futbolchi sotib olmasa, xafa bo'lmasligini aytdi.

"Biz kuchli jamoa qurishga intilyapmiz. Ko'ramiz. Agar "Siti"da bor futbolchilar bilan qolishga majbur bo'lsa, baribir xursand bo'lamiz. Agar kimdir kelsa, yana xursand bo'lamiz.

Bu erga kelganimdan beri klub qanchalik yaxshi ishlayotganini bilaman. Bor kuchimizni ishga solyapmiz, bazida kerakli futbolchini xarid qilishni uddasidan chiqyapmiz, bazida - yo'q. Har bir mavsum oldidan rahbariyat, sport direktori, futbolchilar bilan suhbatlashaman. Har birining o'z fikri bor va shundan so'ng qaysi qaror to'g'riligi borasida o'ylab ko'ramiz" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports