

Bu haqda “Foot Mercato“ xabar berdi.
U shu hafta "Sporting"da ishlash uchun jamoani tark etgan Paulu Fonsekaning o'rnini egallaydi.
Manbaga ko'ra, tomonlar shartnoma tafsilotlarini kelishib olishgan. Tayinlov yaqin vaqt ichida rasman e'lon qilinadi.
43 yoshli ispaniyalik murabbiy 2025 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan "Braga" klubidan oktyabr oyida iste'foga chiqarilgandi. Bundan avval u 4 yil davomida "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning assistenti sifatida ham faoliyat yuritgan.
"Lion" 9 turdan so'ng 17 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.



