Gvardiola: "Agar Dias "Manchester Siti"da o'ynashni istamasa, ketgani maqul"

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 17:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Braim Diasning "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumotga izoh berdi.

"Hammasi oddiy - u bizga kerak. "Manchester Siti" Dias bilan shartnomani 4-5 yilga uzaytirmoqchi. U qolishi uchun hamma ishni qilamiz, ammo qarorni Braim qabul qiladi. Agar u "Manchester Siti"da o'ynashni istamasa, ketgani maqul. Bunaqasi bo'lib turadi. Jamoani o'zgartirish vaqti kelgan ko'rinadi" - deydi mutaxassis.

Dias 2016 yildan beri "Manchester Siti"da to'p tepadi. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi 5ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca