Grizmann "Barselona"da o'ynab "Oltin to'p" olgani uchun qancha bonus to'langan bo'lardi?

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 13:49
"Barselona" Antuan Grizmanning individual sovrinlariga qancha mablag' to'lashi mumkinligi aniq bo'ldi.

"Diario Sport" nashri futbolchining shartnomasi borasidagi ma'lumotlarni o'rganib chiqdi.

Unga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadigan bo'lsa 1 million evro, "The Best" sovrini uchun 750 ming evro qo'lga kiritgan bo'lardi. Agarda u Fransiyada yil o'yinchisi deb topilsa 500 ming evro qabul qilib olardi. Ushbu summalarda soliqlar chiqarib tashlangan.

Grizmann ushbu mavsumni ijara asosida "Atletiko" tarkibida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport