Godin "Bavariya"ga qarshi bahsgacha safga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 apr 2016, 11:46
"Atletiko" himoyachisi Diego Godin jarohatidan qutildi va "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Urugvaylik futbolchi individual programma bo'yicha ishlayapti va "Rayo Valekano"ga qarshi Ispaniya chempionatining 36-tur bahsini o'tkazib yuboradi, ammo Chempionlar ligasi o'yiniga to'liq oyoqqa turadi.

Godin Primeroning 34-turidan o'rin olgan "Atletik"ka qarshi uchrashuvning 11-daqiqasida jarohat olib, "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi bahsini o'tkazib yuborgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com