Gleyzerlar oilasi qatarlik shayx Jassim bin Xamad Al Tani taklifini qabul qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023, 17:11
Bu haqida Mirror xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, qatarlik investor "Manchester Yunayted"ni sotib olish yo'lida mahalliy ishbilarmon Jim Retkliffning taklifidan ko'proq pul taklif qilgan. Shunday qilib, aynan Jassim bin Xamad Al Tani "qizil iblislar"ning yangi rahbari bo'ladi. Kelishuv haqida yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

2022/2023-yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" 75 ochko bilan Angliya Premer-ligasida uchinchi o'rinni egalladi.  

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yangi mavsumda YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mirror