Garet Beyl “Barselona”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

17 okt 2019, 08:50
Uelslik avvalroq jarohat olgandi.

“Real” vingeri Garet Beyl La Liganing 9-turidan o'rin olgan “Malorka”ga (19 oktyabr) qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari u 10-tur doirasida “Barselona”ga (26 oktyabr)  qarshi bahsda ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ma'lumot uchun, Beyl Uels terma jamoasi safida Xorvatiyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Garet joriy mavsum “Real” safida 7 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com