Futzal. O'zbekiston termasi Turkmanistonni mag'lub etdi va Osiyo chempionatiga chiqdi

Tolibjon Qosimov
16 okt 2017, 20:05
Eronning Tabriz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari davom ettirildi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2-turda Turkmanistonga qarshi bahs olib borib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Mazkur uchrashuvdan avval esa Qirg'iziston termasi Nepalni 5:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo'ldi.

Demak, so'nggi tur oldidan ikkita g'alabaga erishgan O'zbekiston terma jamoasi muddatidan avval Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldi. Qirg'iziston futzalchilari ham ikkita g'alabaga erishgan holda OCH chiptasini qo'lga kiritishdi.


Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi, 2-tur 

16 oktyabr, dushanba

Turkmaniston – O'zbekiston 2:4

Gollar: Allaberdi Meredov (37, dabl penalti), Annaguliev (38) – Ilhom Hamroev (13), Artur Yunusov (21), Farhod Abdumavlonov (25), Davron Choriev (27)

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Akmal Hazratqulov, Anasxon Rahtamov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod Shavkatov, Ilhom Hamroev, Davronjon Abdurahmonov, Davron Choriev, Husniddin Nishonov.

Ogohlantirishlar: Ravshan O'zormuhammedov (10) – Davron Choriev (6), Artur Yunusov (30)

Chetlatish: Qodir Berenov (31)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Nepalni 14:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.  Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishga keldi.

So'nggi turda Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'iziston bilan guruhdagi yetakchilik uchun kurashadi. Hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan o'yinda Nepal va Turkmanisdan o'zaro kuch sinashadi.

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston 

18:00  Turkmaniston – Nepal

Ma'lumot uchun, Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com