Futzal. O'tish o'yini. "Oil-Star" "Dinamo"ni mag'lub etib, Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2022, 20:05
Bugun Oliy ligada 11-o'rinni egallagan "Dinamo" jamoasi Oliy liga yo'llanmasi uchun Birinchi ligada 2-pog'onadan joy olgan "Oil-Star" jamoasiga qarshi pley-offning ikkinchi bellashuvida ishtirok etdi.

Pley-off biror jamoaning g'alabalari soni 2 taga etguniga qadar davom etishi lozim edi. 

2020/21 yilgi mavsumda ham Oliy liga yo'llanmasi uchun xuddi ushbu mavsumdagi singari "Dinamo" va "Oil-Star" jamoalari kurash olib borgan. Unda samarqandliklar qo'shimcha vaqtda 7:4 hisobida "Oil-Star" jamoasini enggan edilar. 

Futzal. Pley-off

"Dinamo" – "Oil-Star" 2:3

Gollar: Muhammad Rajabov (24), Samandar Murodqulov (36)  - Shuhrat Ahmedov (18), Sohib Narzullaev (29), Ahmad Mamadaliev (36)

Ortda qolgan mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan, kechagi bahsda ham, bugun ham g'alaba qozongan "Oil-Star" "revansh" oldi va Oliy liga-2022/23 yo'llanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa, Oliy liga 2022/23 yilgi mavsumning barcha ishtirokchilari aniq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia