

Ertaga uchinchi tur bellashuvlariga start beriladi. O'zbekiston terma jamoasi ertaga 06:00da Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. E'tiborli tomoni, bugun Portugaliya terma jamoasi o'yin bo'lib o'tadigan Medelin shahri bo'ylab kichik sayohat uyushtirishdi va madaniy hordiq chiqarishdi. Suratlarga nazar tashlar ekanmiz, portugallarning kayfiyatlari juda ham a'lo ekanligiga guvoh bo'lamiz.









