Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga “Chkalov Kubogi” musobaqasiga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2019, 14:17
Oktyabrda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

29 avgust – 1 sentyabr kunlari Nijniy Novgorodda 3-marta tashkil etilayotgan “Chkalov Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Musobaqada bosh sovrin uchun shuningdek, Rossiya U-19 terma jamoasi, “Spartak” (Moskva) hamda “Orgxim” (Nijniy Novgorod) futzal klublari bahs olib borishadi. Har bir jamoa musobaqa davomida 3 tadan o'yin o'tkazadi.

“Chkalov Kubogi” musobaqasi

29 avgust – payshanba

Rossiya U-19 – Spartak
Orgxim – O'zbekiston m.t.j

30 avgust – juma
Rossiya U-19 – O'zbekiston m.t.j
Orgxim – Spartak

1 sentyabr – yakshanba
Spartak – O'zbekiston m.t.j
Rossiya U-19 – Orgxim


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz