
Yangi mavsumning ilk turi kutilganidek qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi, ayni vaqtda, unda qator kutilmagan natijalar qayd etildi, shuningdek, chempionatga yangi qo'shilgan jamoalar hatto yetakchi klublarga ham munosib qarshilik ko'rsata olishlarini namoyish etishdi.
Bu borada Qarshining Do'stlik-AIN jamoasini alohida qayd etish joiz. Qashqadaryolik futbolchilar Paxtakorga va bu yilgi musobaqa favoritlaridan biri sifatida etirof etilayotgan Kogonga imkoniyatni boy berganliklarini hisobga olmasa, qolgan uch o'yinda ajoyib harakat qilishdi va ayniqsa, Ardusga qarshi o'yindagi 3:1 hisobidagi g'alaba ularni e'tibor markaziga tushirdi.
Aynan Ardusni mag'lub etgani hisobida 1-turdan so'ng Do'stlik-AIN musobaqa jadvalida Toshkent klubidan bir o'rin yuqorida turibdi: Qarshi klubi 9 ochko bilan 4-o'rinni band etgan bo'lsa, 5-o'rindagi Ardus hisobida 7 ochko bor. Kuchli uchlikni esa mos ravishda 15, 13 va 12 ochkodan to'plagan Lokomotiv, Kogon va Maksam-Chirchiq jamoalari egallagan.
Lokomotiv 1-tur doirasidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi. Jamoa 1-turda asosiy raqiblaridan faqat Maksam-Chirchiqga qarshi maydonga tushdi. O'sha uchrashuvda Andrey Shlyoma va Davron Choriev tomonidan kiritilgan ikki gol chirchiqliklarga 2:0 hisobida g'alaba keltirdi. Temiryo'lchilarning tur so'ngidagi Ardusga qarshi o'yini ham qiziqarli ko'rinish oldi. 5:4 hisobida yakunlangan uchrashuvda Shlyoma pokerga erishdi.
1-turdan so'ng, shuningdek, yaqqol autsayderlar ham ajralib qoldi. Zarafshonning Stroitel-Zarafshoni beshta uchrashuvda o'z darvozasidan 38ta to'p olib chiqqan bo'lsa, bu yildan yana O'zbekiston chempionatida qatnasha boshlagan Samarqandning Nafis jamoasi darvozasiga qolgan jamoalar jami 43ta gol urishdi.
Quyida 1-bosqich 1-tur natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Uchrashuv protokollari bilan O'zbekiston chempionati ruknidagi Taqvim sahifasida tanishish mumkin.
O'zbekiston chempionati, 1-bosqich, 1-tur uchrashuvlari
1-kun. 14 oktyabr
Do'stlik-AIN - Stroitel-Zarafshon 6:2
Kogon – Nafis 7:2
Paxtakor – Ardus 2:4
Turon-S - Maksam-Chirchiq 2:4
Bunyodkor – Lokomotiv 0:4
2-kun. 16 oktyabr
Kogon – Paxtakor 6:0
Stroitel-Zarafshon - Turon-S 3:3
Ardus - Do'stlik-AIN 1:3
Nafis – Lokomotiv 2:8
Maksam-Chirchiq – Bunyodkor 2:1
3-kun. 17 oktyabr
Do'stlik-AIN – Kogon 2:5
Turon-S – Ardus 2:4
Paxtakor – Nafis 9:2
Bunyodkor - Stroitel-Zarafshon 9:4
Lokomotiv - Maksam-Chirchiq 2:0
4-kun. 18 oktyabr
Paxtakor - Do'stlik-AIN 6:2
Nafis - Maksam-Chirchiq 1:11
Stroitel-Zarafshon – Lokomotiv 2:7
Kogon - Turon-S 4:3
Ardus – Bunyodkor 2:2
5-kun. 19 oktyabr
Maksam-Chirchiq - Stroitel-Zarafshon 13:3
Turon-S – Paxtakor 6:3
Do'stlik-AIN – Nafis 8:3
Bunyodkor – Kogon 1:1
Lokomotiv – Ardus 5:4
1-bosqich 1-turdan keyingi musobaqa jadvali
| # | Jamoa | O' | G' | D | M | T-N | O |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Lokomotiv | 5 | 5 | 0 | 0 | 26-8 | 15 |
| 2 | Kogon | 5 | 4 | 1 | 0 | 23-8 | 13 |
| 3 | Maksam-Chirchiq | 5 | 4 | 0 | 1 | 30-9 | 12 |
| 4 | Do'stlik AIN | 5 | 3 | 0 | 2 | 21-17 | 9 |
| 5 | Ardus | 5 | 2 | 1 | 2 | 15-14 | 7 |
| 6 | Paxtakor | 5 | 2 | 0 | 3 | 20-20 | 6 |
| 7 | Bunyodkor | 5 | 1 | 2 | 2 | 13-13 | 5 |
| 8 | Turon-S | 5 | 1 | 1 | 3 | 16-18 | 4 |
| 9 | Stroitel-Zarafshon | 5 | 0 | 1 | 4 | 14-38 | 1 |
| 10 | Nafis | 5 | 0 | 0 | 5 | 10-43 | 0 |