"Frayburg"ni murabbiylik tajribasiga ega bo'lmagan 38 yoshli sobiq futbolchi boshqaradi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024, 17:24
Yulian Shuster joriy mavsum yakunida "Frayburg" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Germaniya jamoasi 38 yoshli mutaxassis uchun u boshqaradigan birinchi jamoa bo'ladi.



Yarim himoyachi futbolchilik faoliyatining asosiy qismini "Frayburg"da o'tkazgan. U klub safida 242 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urgan va 32 ta golga assistentlik qilgan.

"Frayburg" Germaniya chempionatining 26-turidan keyin 33 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Hozir "oq-qoralar"ga 58 yoshli Kristian Shtrayx ustozlik qilyapti. U bu lavozimni 2011 yildan beri egallab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get German Football News