Fransiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'ta olmay "Mashal"dan ketdi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2015, 21:17
"Mashal" 1986 yilda Fransiyaning Lion shahrida tug'ilgan futbolchi, Goran Jerkovichni transfer oynasining so'nggi kunida PFL "zayavka"sidan o'tkazdi.

 Goran Jerkovich francuz va serb fuqoroligiga ega futbolchi hisoblanadi.

Bu futbolchi Fransiyada "Lion-Duchere", Belgiyada "Sharllerua", Litvada "Jalgiris" va "Tauras", Eronda "Istiqlol", Tailandda "Buriram Yunayted", "Bangkok Glass" va "Armi Yunayted", Serbiyada "Spartak Subotica" kabi klublarda o'ynagan. Jami 114ta o'yinda raqiblar darvozasiga 62ta gol urgan.

Jerkovich 2012 yil "Istiqlol" safida "Hafzi kubogi"ni qo'lga kiritdi. "Buriram Yunayted" safida 2012 yil Tailand Futbol Assotsiatsiyasi kubogi va Tailand liga kubogini qo'lga kiritgan. O'sha yil futbolchi Tailand Futbol Assotsiatsiyasi kubogi to'purari bo'lgan.

Futbolchi bilan bog'liq so'nggi masala tibbiy ko'rikda qoldi.  Ushbu masalada tekshiruvlar uzoq muddat davom etdi biroq futbolchi belgilangan tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi.  Shu bois tomonlar o'rtasida olib borilgan muzokara to'xtatildi va futbolchi "Mashal" a'zosiga aylanmadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz