Fransiyalik Goran Jerkovich "Mashal" safiga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2015, 11:10
Muborakning "Mashal" klubi davralar oralig'ida o'z safga legioner hujumchini qo'shib oldi.

"Futbol Ekspress" nashri xabariga ko'ra 1986 yilda Fransiyaning Lion shahrida tug'ilgan futbolchi transfer oynasining so'nggi kunida "Mashal" bilan shartnoma tuzdi. Saytimiz orqali bir necha kun oldin bu haqda xabar bergan edik.

Bu futbolchi Fransiyada "Lion-Duchere", Belgiyada "Sharllerua", Litvada "Jalgiris" va "Tauras", Eronda "Istiqlol", Tailandda "Buriram Yunayted", "Bangkok Glass" va "Armi Yunayted", Serbiyada "Spartak Subotica" kabi klublarda o'ynagan. Jami 114ta o'yinda raqiblar darvozasiga 62ta gol urgan.

Jerkovich 2012 yil "Istiqlol" safida "Hafzi kubogi"ni qo'lga kiritdi. "Buriram Yunayted" safida 2012 yil Tailand Futbol Assotsiatsiyasi kubogi va Tailand liga kubogini qo'lga kiritgan. O'sha yil futbolchi Tailand Futbol Assotsiatsiyasi kubogi to'purari bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 2012 yilgi mavsumda oliy ligamizda fransiyalik legioner Bindi Mustafo to'p tepgandi. Bu futbolchi "Lokomotiv" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia